Dunyo tarixi

Zamonaviy K. mashqlari qadimdan harbiy mashgʻulotlarning tarkibiy qismi boʻlib kelgan. Qad. olimpiada oʻyinlarida ham K.ga oʻxshash musobaqalar (miloddan avvalgi 688 yildan qoʻl jangi, miloddan avvalgi 648 yildan pankration) boʻlgan. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, xususan Buyuk Britaniyada 18-asrning 2-yarmiga kelib yakkakurash musobaqalari qoidalariga oʻzgartirish kiritilib ("Kuinsbern qoidalari", 1872), oyoq bilan beriladigan zarbalar butunlay taqiqlangan. 20-asrning 50-yillaridan Sharq yakkakurashlarining Yevropa va Amerikada ommalashishi K.ni sport turi sifatida shakllantirdi. 1974 yilda Yevropa va AQSH Sharq yakkakurashi ustalari oʻrtasida ilk K. musobaqasi tashkil etildi va oʻsha yili Los-An-jelesda erkaklar oʻrtasida 1-jahon chempionati oʻtkazildi (ayollar oʻrtasida 1985 yildan).

1977 yilda jahon K. tashkilotlari as-sotsiatsiyasi (\UA KO) tuzildi, shu assotsiatsiya zaminida 2004 yilda Jahon K. federatsiyasi (\¥KGʻ) tashkil topdi, unga 50 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 2004 yildan) aʼzo (2005). K.ning rivojlanishiga Bryus Li, Chak Nor-ris, Bill Uolles, Domenik Valera, Don Vilson, Benni Urkides kabi kino va sport yulduzlari katta hissa qoʻshishdi. K. AKSH, Gollandiya, Rossiya, Ukraina, Xorvatiya, Eron, Oʻzbekiston kabi davlatlarda keng rivojlangan.